Joriy yilning 4-noyabr kuni Toşkent şahar 28-son Bolalar musiqa va san’at maktabi xoreografiya sinfi öqituvçisi N.B. Xonzamanova rahbarligidagi raqqosalar guruhi «Zör TV» telekanalining «Ertalabdan salom» köngiloçar dasturida iştirok etdi.
Dastur davomida yoş raqqosalar özlarining betakror çiqişlari, nafis va jozibali harakatlari, sahna madaniyati hamda ijroçilik mahoratlarini namoyiş etdilar. Ularning çiqişlari orqali milliy raqs san’atimizning gözalligi, öziga xosligi va boy ijodiy imkoniyatlari keng tomoşabinlar e’tiboriga havola etildi.
Nufuzli telekanal dasturlarida iştirok etiş öquvçilar uçun katta ijodiy tajriba maktabi hisoblanadi. Bunday imkoniyatlar yoş ijroçilarning sahna tajribasini oşiriş, teleefir muhitiga moslaşiş, öz iste’dodiga bölgan işonçini mustahkamlaş va ijodiy salohiyatini yanada rivojlantirişga xizmat qiladi.
28-son Bolalar musiqa va san’at maktabida yoş iste’dodlarni qöllab-quvvatlaş, ularning ijodiy imkoniyatlarini röyobga çiqariş hamda milliy san’atimizni keng tarğib etişga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yoş raqqosalarimiz va ularning ustozi N.B. Xonzamanovaga kelgusi ijodiy faoliyatlarida yangi zafarlar tilaymiz!