Maktab yangiliklari

Fortepiano ijroçiligi bölimida texnik imtihonlar

Maktabimizning fortepiano ijroçiligi bölimida öquvçilarning ijroçilik mahorati, texnik tayyorgarligi va musiqiy bilimlarini baholaşga qaratilgan texnik imtihonlar bölib ötdi.

Imtihonlar davomida öquvçilar özlarining çolğu ijroçiligi böyiça egallagan bilim va könikmalarini namoyiş etdilar. Xususan, gamma va arpedjiolarni bajariş, barmoqlar texnikasi, ijro aniqligi, ritmni his etiş, tovuş sifati hamda musiqiy asarlarni ijro etişdagi texnik mahorat kabi jihatlarga e’tibor qaratildi.

Texnik imtihonlar musiqa ta’limining muhim tarkibiy qismi bölib, öquvçilarning muntazam maşğulot olib boriş, mustaqil işlaş va çolğu ijroçiligi könikmalarini izçil rivojlantirişga bölgan intilişini rağbatlantiradi.

Bunday nazorat sinovlari pedagoglarga har bir öquvçining tayyorgarlik darajasini aniqlaş, mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş va keyingi ta’lim jarayonini yanada samarali taşkil etiş imkonini beradi.

Zero, fortepiano ijroçiligida yuksak mahoratga erişiş muntazam mehnat, sabr-toqat, puxta texnik tayyorgarlik va musiqaga bölgan mehr-muhabbat bilan çambarças boğliq.