Joriy yilning 21-oktyabr kuni Toşkent şahar 28-son Bolalar musiqa va san’at maktabi xoreografiya sinfi öqituvçisi N.B. Xonzamanova rahbarligidagi iqtidorli raqqosalar guruhi «Sevimli» telekanalining «Sevimli kun» dasturida iştirok etdi.
Telekörsatuvda yoş raqqosalar özlarining sahna mahorati, nafis harakatlari va milliy raqs san’atiga bölgan mehr-muhabbatini namoyon etdilar. Ularning çiqişlari orqali milliy raqslarimizning jozibasi, öziga xos ijro uslubi va boy badiiy imkoniyatlari tomoşabinlar e’tiboriga havola etildi.
Bunday telekörsatuvlarda iştirok etiş öquvçilar uçun nafaqat öz iste’dod va mahoratlarini keng jamoatçilikka namoyiş etiş, balki katta sahna va teleefir tajribasini orttiriş, öziga bölgan işonçni mustahkamlaş hamda ijodiy salohiyatini yanada rivojlantiriş uçun muhim imkoniyatdir.
Şuningdek, bu kabi çiqişlar yoş avlod qalbida milliy san’atimizga, xususan, özbek raqsiga bölgan qiziqiş va ehtiromni kuçaytiriş, xalqimizning boy madaniy merosini keng tarğib etişga xizmat qiladi.
28-son Bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi yoş raqqosalarimiz va ularning ustoziga kelgusi ijodiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!