Maktab yangiliklari

Xalq raqslarida qöl va oyoq harakatlarining uyğunligi

Toşkent şahar 28-son bolalar musiqa va san’at maktabida ta’lim jarayonining samaradorligini oşiriş, pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantiriş hamda ilğor pedagogik tajribalarni ommalaştiriş maqsadida oçiq darslar muntazam taşkil etilmoqda.

Navbatdagi oçiq dars xoreografiya sinfi öqituvçisi Xonzamanova N.B. tomonidan «Xalq raqsi ijroçiligida qöl va oyoq harakatlari» mavzusida ötkazildi.

Dars davomida xalq raqslariga xos bölgan qöl va oyoq harakatlarining öziga xos xususiyatlari, ularni töğri bajariş texnikasi, harakatlar uyğunligi va ijro madaniyatiga alohida e’tibor qaratildi. Öquvçilarga milliy raqs san’atida har bir harakat muayyan mazmun va ifoda vositasi ekanligi, raqqosning sahnadagi mahorati esa harakatlarning aniqligi, nafisligi va musiqiy ohang bilan uyğunligida namoyon bölişi tuşuntirildi.

Amaliy maşğulotlar jarayonida öquvçilar turli raqs elementlarini bajarib, qöl va oyoq harakatlarini özaro muvofiqlaştiriş, gavda tutiş, ritmni his etiş hamda sahna madaniyati könikmalarini mustahkamlaş imkoniga ega böldilar.

Oçiq dars mazmunan boyligi, amaliy yönalişga ega ekanligi va öquvçilarning ijodiy faolligini oşirişga qaratilgani bilan ahamiyatli böldi.

Bunday maşğulotlar yoş avlodning milliy raqs san’atiga bölgan qiziqişini kuçaytiriş, ularda estetik did, ijodiy tafakkur va ijroçilik mahoratini şakllantiriş, şuningdek, xalqimizning boy raqs an’analarini kelajak avlodga yetkazişda muhim ahamiyat kasb etadi.