Joriy yilning 15-oktyabr kuni Toşkent şahar 28-son Bolalar musiqa va san’at maktabida 21-oktyabr — Özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan pedagog-xodimlar iştirokida diktant tadbiri yuqori saviyada taşkil etildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — özbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining tarixiy ahamiyatini çuqur anglaş, ona tilimizga bölgan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlaş, davlat tilining jamiyat hayotidagi örni va nufuzini yuksaltiriş, şuningdek, xodimlarning imlo qoidalari böyiça bilim va savodxonlik darajasini oşirişdan iborat böldi.
Diktant jarayonida iştirokçilar özbek tilining imlo va tiniş belgilari qoidalariga qay darajada rioya etişlarini sinovdan ötkazdilar. Tadbir nafaqat yozma savodxonlikni mustahkamlaş, balki ona tilimizning boy imkoniyatlari, betakror jozibasi va milliy özligimizni ifodalovçi bebaho ma’naviy meros ekanini yana bir bor his etiş imkonini berdi.
Ayniqsa, yoş avlodga ta’lim-tarbiya beriş, ularning estetik didi va ma’naviy dunyoqaraşini şakllantirişda muhim örin tutuvçi madaniyat va san’at sohasi xodimlari uçun davlat tilini puxta biliş, undan töğri va ravon foydalaniş alohida ahamiyat kasb etadi.
Zero, ona tiliga ehtirom — milliy qadriyatlarga ehtirom, til ravnaqi uçun qayğuriş esa millat kelajagi uçun mas’uliyat demakdir.