Maktab yangiliklari

“Ekologik madaniyat — kelajak poydevori”

Joriy yilning 13-oktyabr kuni 28-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Ekologik madaniyat haftaligi” doirasida haftalikning birinçi kuniga bağişlangan ma’rifiy tadbir taşkil etildi.

Tadbir davomida maktab xodimlari va öquvçilar iştirokida ekologik madaniyatni yuksaltiriş, tabiatni asraş, atrof-muhit tozaligini saqlaş hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş mavzularida suhbat ötkazildi. Unda kundalik hayotda ekologik qoidalarga rioya qiliş, çiqindilarni belgilangan joylarga taşlaş, suv va elektr energiyasini tejaş, yaşil hududlarni asrab-avaylaş kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, yoş avlod qalbida tabiatga mehr-muhabbat, ekologik mas’uliyat va atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni şakllantiriş, ularni tabiat boyliklarini asraşga undaş muhimligi ta’kidlandi. Zero, ozoda muhit, musaffo havo va yaşil tabiatni saqlaş har bir insonning kundalik hayotdagi mas’uliyatli harakatlaridan boşlanadi.

Mazkur tadbir öquvçilar va xodimlarda ekologik madaniyatni yanada rivojlantiriş, tabiatga e’tiborli böliş hamda atrof-muhitni muhofaza qilişga doir tuşunçalarni mustahkamlaşga xizmat qildi.