Til – millatning ruhi, uning özligini va madaniy merosini aks ettiruvçi eng uluğ boylikdir. 21-oktabr kuni Özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana sifatida mamlakatimizning har bir göşasida alohida hurmat bilan nişonlanadi. Uşbu kunda ona tilimizning beqiyos qadri, xalqimizning özligini va tarixini ifodalaşdagi örni yana bir bor yodga olinadi.
Har bir millatning kelajagi uning ona tiliga bölgan mehr va ehtiromi bilan çambarças boğliqdir. Özbek tili bugungi kunda nafaqat yurtimizda, balki dunyo miqyosida e'tirof etilayotgan, sevib örganilayotgan tillardan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Yurtimizdan uzoqda yaşayotgan özbek farzandlari ham ona tilimizni sevib örganayotgani quvonarli hol.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qarori ijrosini ta’minlaş maqsadida Uçtepa tumani 28-son bolalar musiqa va san’at maktabi Çilonzor tumani 22-son Mehribonlik uyi bilan hamkorlikda joriy yilning 21-oktabr kuni “Ona tilimiz – milliy boyligimiz, madaniyatimiz va özligimizning aksidir” bağişlangan ma’rifiy tadbir ötkazildi.