Joriy yilning 11-aprel kuni xalq çolğulari bölimi doira sinfi öqituvçisi Çölponov Alişer “Doira ijrosida oddiy va murakkab usullarning qöllanişi” mavzusida oçiq dars ötkazdi.
Dars davomida öquvçilarga doira çolğusining ijro imkoniyatlari, zarb usullarining öziga xos jihatlari hamda ularni amaliyotda qöllaş böyiça batafsil tuşunçalar berildi.
Oçiq dars jarayonida avvalo oddiy zarb usullari körsatilib, ularning töğri ijro etiş texnikasi tuşuntirildi. Şundan söng murakkab ritmik usullar, ularning kombinatsiyalari hamda ansamblda ijro etişdagi ahamiyati amaliy misollar orqali namoyiş etildi. Öquvçilar pedagog körsatmalari asosida maşqlarni bajardilar va öz ijroçilik mahoratlarini sinab kördilar.
Darsda iştirok etgan öqituvçilar ham metodik jihatdan qiziqarli tavsiyalar oldilar. Oçiq maşğulot davomida öquvçilarning ritmni his etişi, ijro madaniyati va jamoa bilan işlaş könikmalari rivojlanganligi yaqqol körindi.
Mazkur oçiq dars öquvçilarning milliy çolğu san’atiga bölgan qiziqişini yanada oşirişga xizmat qildi hamda doira ijroçiligidagi bilim va könikmalarini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etdi.