Öquv yili yakunlanişi arafasida, 15-may kuni davlatimiz rahbari boşçiligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oşiriş hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga bağişlab ötkazilgan videoselektor yiğilişida yozga ta’til davrida yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil qiliş uçun teatr, madaniyat markazlari va konsert zallari, sport maydonçalari, oromgoh va turizm obyektlari imkoniyatlaridan töliq foydalaniş zarurligi, maktablarda kunduzgi oromgohlar, sport, fan va kasb-hunar tögaraklari taşkil etilişi belgilandi.
Şu maqsadda 1-iyundan 30-avgustgaça “Zarbdor 90 kunlik” e’lon qilinib, maktab öquvçilari va uyuşmagan yoşlarning böş vaqtini mazmunli ötkaziş, ularni soğlomlaştiriş va har tomonlama rivojlantiriş böyiça keng kölamli işlar olib borilişi zarurligi ta’kidlandi.
“Dolzarb 90 kun” dasturi yozgi ta’tilni nafaqat dam oliş, balki öquvçi-yoşlar uçun ösiş, örganiş, rivojlaniş va yangi imkoniyatlar sari yöl sifatida qaralayotganini körsatmoqda. Mazkur taşabbus kelajak avlodning soğlom, bilimli va faol bölib ulğayişi uçun muhim zamin yaratadi.
Uşbu tadbir doirasida Uçtepa tumani 28-son bolalar musiqa va san’at maktabida ham muayyan işlar taşkil qilindi. Barça yönalişlarda qisqa muddatli tögaraklar taşkil qilingan. Öquvçilarning yoz oylarida ta’lim olişlari uçun barça şaroitlar yaratilgan.